Chegaraviy shartlarining biri spektral parametrga bog`li` bo`lgan Shturm-Liuvill masalasi uchun Ambartsumyan teoremasining analogi
Ushbu bitiruv malakaviy ish chegaraviy shartlarning birida spektral parametr qatnashgan Shturm-Liuvill masalasi uchun Ambarsumyan teoremasini o'rganishga bag'ishlangan. Ish kirish, uchta asosiy bo'lim va xulosadan iborat. Kirishda mavzuning dolzarbligi va asosiy tushunchalar bayon etilgan. Birinchi bo'limda Ambarsumyan teoremasi, ikkinchi bo'limda esa uning umumlashmasi ko'rib chiqilgan. Uchinchi bo'lim chegaraviy shartlarining biri spektral parametrga bog'liq bo'lgan Shturm-Liuvill masalasiga bag'ishlangan va unda xarakteristik tenglama, asimptotik formulalar va teoremalar isbotlangan. Xulosa qismida olingan natijalar umumlashtirilgan.