Еl análisis de los terminos de turismo en español, uzbeko y ruso
Ushbu tadqiqot ishi Ispan, o'zbek va rus tillaridagi turizm terminologiyasini tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda turizmga oid terminlarning lug'aviy, etimologik va lingvistik xususiyatlari, ularning semantik va morfologik jihatlari chuqur o'rganilgan. Turizm sohasidagi terminlarning shakllanishi, tasniflanishi va qo'llanilishi, shuningdek, tarjima masalalari yoritilgan. Turizm va mehmonxona sohasidagi terminologiyaning qiyosiy tahlili hamda ularning o'ziga xos jihatlari ochib berilgan. Tadqiqotda turizmning turli turlari, sayohat agentliklari, mehmonxona xizmatlari, ovqatlanish va turar joy turlari hamda moliyaviy menejmentga oid terminlar atroflicha ko'rib chiqilgan. Xususan, Ispan, o'zbek va rus tillaridagi turizmga oid atamalarning qiyosiy-tipologik xususiyatlari, ularning lingvistik va lingvomadaniy jihatlari o'rganilgan. Shuningdek, turizm terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishi, uning lug'aviy tarkibi va izohlanganligi, lingvistik va lingvomadaniy jihatlari ham tahlil qilingan. Ishning ilmiy yangiligi shundaki, turizm va mehmonxona xizmati sohasidagi terminologiyaning qiyosiy-tipologik tahlili qilingan va bu sohadagi terminlarning lingvistik va lingvomadaniy jihatlari ochib berilgan.