Analog miksher pultlaridan foydalanish
Ushbu kitob musiqa sohasida ovoz rejissyorligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda analog miksher pultlarining tuzilishi, vazifalari va ulardan foydalanish usullari batafsil yoritilgan. Kitobda miksher pultlarining turlari, ularning asosiy qismlari, kirish va chiqish kanallari, shuningdek, ovozni qayta ishlash uskunalarini ulash va sozlash masalalari ko'rib chiqilgan. Qo'llanma zamonaviy texnik vositalardan foydalanish, ovoz sifatini yaxshilash va professional darajada ovoz yozish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.