🔍

Cholg'u ijrochiligi va ansambl

Ushbu o'quv qo'llanma "Cholg'u ijrochiligi va ansambli" fanining bir necha boblarini o'z ichiga olgan bo'lib, unda umumta'lim maktablarida "Musiqa madaniyati" darsining oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalari, o'qitish metodlari, davlat ta'lim standarti qo'ygan talablar, darslami yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish yo'llari va sinflar bo'yicha dars ishlanmalaridan namunalar taqdim etilgan. O'quv qo'llanmada taqdim qilingan cholg'u ijrochiligi bo'yicha berilgan ma'lumotlar, asar notalari va dars ishlanmalari albatta shunday bo'lishi kerakligi chuqur o'rganilgan. O'quv qo'llanma OTM Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalari va maktab musiqa fani o'qituvchilariga mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Ansanbl sinfi

Kitob "Ansambl sinfi" oliy ta'lim muassasalarida ansambl ijrochiligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Unda ansambl ijrochiligining nazariy va amaliy asoslari, chang cholg‘usi ansamblining o‘ziga xos xususiyatlari, hamda ijrochilik sirlari yoritilgan. Qo‘llanmada ansambl sinfi mashg‘ulotlarini tashkil etish, cholg‘ularni sozlash va saqlash, ansambl ijrochiligi qoidalari hamda notani o‘qish mahoratini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Kitobda o‘zlashtirish uchun notalar va test savollari bilan to‘ldirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.3%

Vokal ansambli

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Vokal ansambli” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, yakka (amaliy) mashg‘ulotlarning mavzulari, fan bo‘yicha testlar, glossariy, baholash mezonlari, ta’lim texnologiyalari, o‘quv qo‘llanma va darslik hamda majmuaga ta’lluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Xalq ijodiyoti (turlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.7%

Ансамбль синфи

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta'lim Vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hamda Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi tomonidan tavsiya etilgan «Ansambl sinfi» fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmasidir. Qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalarida «Ansambl sinfi» fanidan saboq oladigan talabalar uchun moʻljallangan. Kitobda anʼanaviy xonandalikning nazariy va amaliy jihatlari, ansambl ijrochiligi, mashhur maqom namunalari, xususan, Saraxbori Segoh hamda uning taronalari boʻyicha atroflicha maʼlumot berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.0%