ArchiCAD grafikmuharririda ob'ektlar bilan ishlashni o’rgatuvchi elektron dasturiy mahsulot yaratish va qo’llash
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishining asosiy qismini o'z ichiga oladi. Kitobda ArchiCAD grafik muharririda ob'ektlar bilan ishlashni o'rgatuvchi elektron dasturiy mahsulot yaratish va qo'llash jarayonlari batafsil yoritilgan. Jumladan, dasturning interfeysi, asosiy vositalari, devor, eshik, deraza, tom, pol kabi elementlarni chizish hamda ularni 3D muhitda ko'rish va rang berish kabi amaliy mashg'ulotlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan.