Avtotraktor tirkamalarining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini sonli yechish uslubi
Ushbu maqola avtotraktor tirkamalarining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini sonli yechish uslubi bo'yicha tadqiqotni o'z ichiga oladi. Qishloq xo'jaligida mahsulot tashishda transport vositalarining modernizatsiyalash darajasi va uning iqtisodiy samaradorligi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi. Maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-4947-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tashish va saqlash bo'yicha qo'yilgan vazifalar, xususan, yuqori unumli va tejamli universal shassili traktor tirkamasini ishlab chiqish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-texnik dasturlar haqida ma'lumot berilgan. Tadqiqotda T-Flex dasturi yordamida 4 tonnalik universal shassili traktor tirkamasining yuk ko'tarish qobilyati va uning konstruktsiyasi tahlil qilingan. Rasmlar orqali kuzov ramasining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holati va unga ta'sir etuvchi kuchlar ko'rsatilgan. T-Flex dasturi natijalariga ko'ra, yon lonjeronlardagi deformatsiyalar yuqori bo'lganligi aniqlangan. Shuningdek, kuzov platfomasi ustki qovurg'ali po'lat tunika bilan qoplanganda kuchlanganlik-deformatsiyalanish holati sezilarli darajada kamayganligi ta'kidlangan.