Bo’tako’z (Centaurea) turkumi ayrim vakillarining bioekologiyasi va ahamiyati
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston florasidagi qoqio‘tdoshlar oilasiga mansub bo‘tako‘z (Centaurea) turkumining bioekologik xususiyatlari va ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda O‘zbekiston o‘simliklarining xilma-xilligi, ularning ahamiyati, qoqio‘tdoshlar oilasining umumiy tavsifi, bo‘tako‘z turkumining tavsifi va turlari, ayrim turlarning bioekologiyasi va ahamiyati kabi masalalar yoritilgan. Ish yakunida turkum vakillarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, dorivorlik xususiyatlari, asal beruvchi o‘simlik ekanligi va muhofazaga muhtoj turlari haqida xulosalar keltirilgan.