Broyler jo’ja zotlari uchun mo’ljallangan don mahsulotlari sifatini biotexnologik usullar bilan oshirish
Ushbu maqola broyler jo'jalarining go'sht sifatini biotexnologik usullar yordamida oshirishga bag'ishlangan. Jahon chorvachilik sohasidagi tendensiyalar parrandachilikning, xususan broyler yetishtirishning jadal rivojlanayotganini ko'rsatadi. Ushbu maqolada O'zbekiston sharoitida qo'llaniladigan yetakchi broyler zotlari, ularning tirik vazni va mahsuldorligini oshirishda ozuqa sifatining ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Ayniqsa, don mahsulotlarining sifatini oshirish uchun yog'-moy zavodlari chiqindilaridan olinadigan shrot hamda go'sht-suyak unini tayyorlash usullari va ularning tarkibi haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, broylerlar ratsioniga qo'shiladigan xom kletchatkaning roli hamda uni biotexnologik usullar yordamida qayta ishlash orqali sifatini oshirish va qo'shimcha ozuqa qo'shish usullari tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan biotexnologik usullarning ekologik toza ozuqa bilan ta'minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli ta'kidlangan.