Bushuyev zotli nasldor-spermodonor buqalar sperma mahsuldorligi va ulardan optimal xoʻjalik foydalanish muddatlarining ilmiy asoslari
Ushbu tadqiqot O'zbekistonda tarqalgan Bushuyev zotiga mansub buqalarning sperma mahsuldorligi, uning mavsum va yoshga bog'liq o'zgarishlarini o'rganishga va shu asosda urug' ishlab chiqarishni miqdor va sifat jihatidan samarali tashkil etish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Bushuyev zotli buqalarning boshqa zotli buqalarga nisbatan afzalliklari, ularning qo'llash muddatlari, sperma sifati va iqtisodiy samaradorligi atroflicha tahlil qilingan.