Применение современных технологий в системах подготовки газа и конденсата на высокосернистых месторождениях Узбекистана
Ushbu dissertatsiya O'zbekistondagi yuqori oltingugurtli gaz va kondensat konlarini tayyorlash, magistral gaz quvurlarini ekspluatatsiya qilish davrida davomiylikka erishish, atmosfera va atrof muhitga chiqarilayotgan zaharli gaz miqdorini kamaytirish hamda gaz aralashmasidan ajratib olingan oltingugurtni xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida samarali ishlatishga qaratilgan. Dissertatsiyada gaz va kondensat xomashyosini tahlil qilishda turli zamonaviy usullardan foydalanib ularning fizik-kimyoviy xossalari o'rganilgan. Shuningdek dissertatsiyada gazni tozalash texnologiyalari, absorbentlar va ularning xususiyatlari, seolitlar bilan adsorbsiya usuli va boshqa gazni qayta ishlash texnologiyalari ham ko'rib chiqilgan.