CHORVA MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH, SAQLASH QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI, STANDARTLASH
Ushbu kitobda O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlarini sifatli ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi hamda standartlashning ahamiyati yoritilgan. Kitobda chorva mollari mahsuldorligi, go‘sht, sut, tuxum, asal kabi mahsulotlarning kimyoviy tarkibi, biologik va energetik qiymati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi keng yoritilgan. Shuningdek, hayvonlarni tashish, so‘yish, konservalash va qayta ishlash jarayonlari, ulardagi o‘zgarishlar hamda ularni saqlash usullari atroflicha tushuntirilgan.