Chigit saralash qurilmasining samaradorligini oshirish maqsadida uning konstruksiyasini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya paxta chigitini saralash va tozalash jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, yangi konstruksiyadagi saralash qurilmasini ishlab chiqish va uning texnologik parametrlarini aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqot natijasida jin mashinalaridan chiqqan chigitlarni tozalash va saralash jarayonida chiqindilarni ajratish hamda toʻla ajralmagan tolali chigitlarni samarali saralash usullari taklif etilgan. Natijada ishlab chiqarish jarayonida elektr energiyasi sarfini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirishga erishilgan.