Cofféa arábica o’simligining kimyoviy tarkibini o’rganish
Ushbu ishning asosiy maqsadi Coffea arabica o'simligidan ajratib olingan kimyoviy birikmalarni o'rganish, ma'lumotlarni qiyoslab o'xshashlikni aniqlash, ya'ni birikmalarni tuzilishini tahlil qilish, fiziologik faolligi yuqori bo'lgan birikmalarini muhokama etish hamda shu o'simlik tarkibida uchraydigan ayrim moddalarning tibbiy ahamiyatga ega ekanligini o'rganishdan iborat. Ishda Coffea arabica o'simligining botanik tavsifi, turlari, tarqalish areali oid ma'lumotlar keltirilib, jamlanib tahlil qilingan. Kimyoviy birikmalar tuzilishi asosida o'rganilib, umumlashtirilgan va tasniflangandan so'ng, ular orasida o'ziga xos tuzilishga ega turli birikmalar mavjudligi ko'rsatilgan. Shuningdek, kimyoviy birikmalar farmakologiyasiga oid ma'lumotlar jamlanib, umumlashtirilgan hamda ishlatilish sohalari keltirilgan. Qahvani methanol, dixlormetan va geksan erituvchilari bilan ekstraksiyasi amalga oshirilgan hamda olingan ekstrakt asosida flavonoidlar, alkaloidlar va terpenoidlarga xos sifat reaksiyalari amalga oshirilgan. Qahva tarkibidan kofeinni ajratib olish tajribasi amalga oshirilib, ajratib olingan kofeinni fizik xossalari o'rganilgan va sifat reaksiyasi amalga oshirilgan.