Nochiziqli Hirota tenglamasini cheksiz zonali davriy funksiyalar sinfida integrallash
Ushbu dissertatsiya mavzusi dolzarbligi va ahamiyati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhlari, masalaning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan. Shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar berilgan. Asosiy tadqiqot ishi davriy Dirak operatori spektral nazariyasining teskari masalasini yechish usulidan foydalanib, nochiziqli Hirota tipidagi tenglamalarni cheksiz zonali davriy funksiyalar sinfida integrallashga bag'ishlangan. Tadqiqot natijalari, shuningdek, 13 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qilishda tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola chop etilgan.