Diktantlar to’plami
Ushbu uslubiy qo'llanma ta'lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o'zbek tilini o'qitish jarayonida o'quvchilarning ta'lim jarayonida o'zbek tilidan olgan bilimlarini nazorat shakli bo'lmish diktant turlari va ularni tashkil etish usullari xususida so'z yuritadi. Ushbu qo'llanma o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari, o'zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bakalavr yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada 5-9-sinflar uchun diktant turlari bo'yicha matnlar to'plami keltirilgan.