Diskussiyaning kommunikativ malaka sifatida o’rta maktablarning yuqori sinflarda tashkil qilinishi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi talabasi tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishi hisoblanadi. Ish diskussiyaning kommunikativ malaka sifatida o'rta maktablarning yuqori sinflarida tashkil qilinishiga bag'ishlangan. Bitiruv malakaviy ishi kommunikativ til o'qitishning nazariy asoslari, ingliz tili darslarida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish ahamiyati, diskussiyaning asosiy xususiyatlari, ingliz tili darslarida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda diskussiyaning muhim ahamiyati kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, diskussiya orqali dars o'tishning ijobiy va salbiy tomonlari, kommunikativ qobiliyatlarni diskussiya texnikasi yordamida rivojlantirish masalalari ham ko'rib chiqiladi. Ishda zamonaviy usullarni topish, so'zlashish qobiliyatini o'rgatish, maqbul mashqlarni belgilash, nazariy va amaliy jihatlarni tahlil qilish kabi vazifalar qo'yilgan.