Мультифокал атеросклерозда оёқлар критик ишемияси мавжуд бўлган беморларда хирургик даволашни такомиллаштириш
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi “Multifokal aterosklerozda oyoqlar kritik ishemiyasi mavjud bo'lgan bemorlarda jarrohlik davolashni takomillashtirish” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda chakki va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda oyoqlar arteriyalarining shikastlanishini jarrohlik yo'li bilan davolashning samaradorligini oshirish va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqotda jahon tibbiyotida qo'llanilayotgan yangi diagnostika usullari va davolash texnologiyalaridan foydalanish hamda muallif tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturiy ta'minot va jarrohlik uslublarining samaradorligi asoslab berilgan.