Dukkakli o‘simliklarning aminokislotalar tarkibini o’rganish
Ushbu monografiya dukkakli o‘simliklarning aminokislotalar tarkibini YuQX usuli bilan aniqlashga bag‘ishlangan. Unda dukkakli o‘simliklar, jumladan no‘xat, yasmiq, mosh, loviya, soya, gorox kabi ekinlarning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati va sog‘liq uchun ahamiyati batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotda ushbu o‘simliklarning navlari, ularning geografik tarqalishi, hosil berishi, shuningdek, ularning tarkibidagi aminokislotalarning miqdori, ularning turlicha ishlov berish jarayonlarida (xom, undirilgan, pishirilgan) o‘zgarishi ham tahlil qilingan. Monografiyada shuningdek, xromatografik usullar, ayniqsa, Yupqa qatlamli xromatografiya (YuQX) va qog‘oz xromatografiyasining nazariy asoslari va amaliyotda qo’llanilishi ham yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.