ENTOMOFAGLARNING KO‘PAYISH VA RIVOJLANISH HUSUSIYATLARI
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Chimyon qishlog'ida 2015-2016 yillarda o'tkazilgan kuzatishlar va yig'ilgan namunalar asosida tayyorlangan bo'lib, entomofaglarning (zararkunandalarning tabiiy dushmani) ko'payishi, rivojlanishi, ekologiyasi va qishloq xo'jaligi ekinlari uchun ahamiyati haqida ma'lumot beradi. Tadqiqotda ayniqsa, poliz shirasi va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashda foydalaniladigan xonqizi qo'ng'izlari, oltinko'zlar, sirfid pashshalari va levkopislar kabi yirtqich va parazit hasharotlarning faoliyati, ularning biolaboratoriya sharoitida ko'paytirilishi va tarqatilishi kabi masalalar atroflicha o'rganilgan.