Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi
Ushbu kitob polimer materiallar bilan ishlash texnologiyalari bo'yicha chuqur ma'lumot beradi. Unda plastmassalar va rezinalardan buyumlar ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash usullari, texnologik jarayonlar, nazariy va amaliy jihatlari atroflicha yoritilgan. Kitobda polimerlarning fizikaviy va mexanik xossalari, turli texnologiyalardan (ekstruziya, kalendrlash, presslash, quyish, puflash, rotatsion shakllash, plyonka olish, truba olish, shuningdek, metallar va boshqa materiallar bilan biriktirish kabi) foydalanish, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, ekologik xavfsizlik masalalari ham ko'rib chiqilgan. Har bir bob yakunida nazorat savollari va tavsiya etilgan adabiyotlar keltirilgan.