Ekzema kasalligida molekulyar-biologik, immunologik tashxishlash va davolashni optimallashtirish
Ushbu kitob ekzema kasalligini molekulyar-biologik va immunologik jihatdan tahlil qiladi. Unda ekzemani tashxislash, davolashning zamonaviy usullari, kasallikning kelib chiqish sabablari, immun tizimidagi o'zgarishlar va terapiyaning samaradorligi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Shuningdek, bemorlarning hayot sifatiga ta'sirini baholash va turli klinik misollar yordamida kasallikning mohiyati ochib berilgan.