Energetikaning matematik masalalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma energetika qurilmalari, ularning ishlash prinsiplari, qonuniyatlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarning ba’zi bir masalalarning matematik yo‘li, energetika tizimlari, ularning ishlash jarayonidagi qonunlar va shu qonunlarni energetik masalalarini yechishda qo‘llash va tadqiq qilish haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Energetikaning matematik masalalari fani umumkasbiy fan hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, elektrotexnikaning nazariy asoslari, energetika qurilmalari, yo‘nalishga kirish, energiya tejamkorligi asoslari va h.k fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Elektr ta‘minoti tizimlarini va tarmoqlarini loyihalash, ishlatish va holatlarini boshqarishda ularning xaraktiristikalarini hisoblash, almashtirish sxemalarini qurish, normal holatlarini hisoblash, holatlarni tahlil qilish zarurdir. Ushbu qo‘llanma talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun, elеktroenеrgеtika yo‘nalishida ta`lim olayotgan talabalar matеmatik masalalarni tushuna olishlari, ularni yechishning sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarini nazariy o‘zlashtirishlari hamda o‘rganishlari, murakkab elektr tarmoqlarning ishchi rejimlarini matrisa usulida umumlashgan holda echish va energetic masalalarni echishda ehtimollar nazariyasi usulidan foydalanish hamda elektr energetikadagi avtomatik tizim masalalarini echish va tahlil qilish usullariga asosida elektr ta‘minoti tizimlarining matematik modellashtirish va taqiq qilish sohasidagi bilimlarini mustahkamlashtirish va qo‘yilgan masalalarni mustaqil echishda malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.