Etnomadaniy jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri
Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston Respublikasida etnomadaniy jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta'sirini oʻrganishga bag'ishlangan. Unda millat va etnos tushunchalarining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari, globalizatsiya va integratsiya sharoitida millatlararo munosabatlarning rivojlanishida hamkorlikning oʻrni, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning millatlararo munosabatlar sohasidagi tashabbuslari tadqiq etiladi. Tadqiqotda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, etnik bag'rikenglikni rivojlantirish, madaniy xilma-xillikni saqlash bo'yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.