Farmakoepidеmialogik taxlillar o’tkazishda muqobil sutkalik doza kontsеptsiyasi (ddd taxlili) ni qo’llash.
Maqolada farmakoepidemiologik tahlillarda muqobil sutkalik doza kontsepsiyasi (DDD tahlili)ni qo'llash masalalari ko'rib chiqilgan. Dori vositalarining iste'mol ko'rsatkichlarini aniqlash, iste'mol strukturasini solishtirish, dori vositalariga aniqlangan birliklarda haqiqiy iste'moliga belgilangan sutkalik doza (DDD) dozalarga asoslangan tizimni o'rganish usullari tahlil qilingan. Maqolada glaukoma kasalligini dori ta'minotini DDD tahlili bilan tekshirish bo'yicha Respublika ko'z kasalliklari klinik shifoxonasida olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.