Foreign language (English language)
Ushbu taqdim etilayotgan ta'lim-metodik majmua iqtisod va menejment yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv jarayoni uchun yangi usullarga asoslangan. Majmuaning asosiy maqsadi talabalarga ingliz tilida iqtisodiyot va menejment sohalaridagi so'zlar va iboralarni chuqur o'zlashtirish hamda ularning bilim va ko'nikmalarini oshirishdan iborat. Shu bilan birga, iqtisodiyot va menejmentning ko'pgina terminlari ingliz va lotin-german tillaridan olingan bo'lib, bu talabalarning ushbu terminlarni anglashiga yordam beradi. Majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirining 2017-yil 1-fevraldagi buyrug'i bilan tasdiqlangan "Buxgalteriya hisobi" fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Majmua 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasiga asoslanadi.