Gʻoʻzapoya maydalagichni takomillashtirish va uning asosiy ishchi organlarining parametrlarini asoslash
Ushbu kitobda gʻoʻzapoya maydalagichni takomillashtirish va uning asosiy ishchi organlarining parametrlarni asoslash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari keltirilgan. Tadqiqotda gʻoʻzapoyalarni maydalash texnologiyasi va texnika vositalariga oid ilgari bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil etilib, paxta hosili yigʻim-terimi yakunida gʻoʻzapoyalarning fizik-mexanik xossalari oʻrganilgan. Tajriba asosida yangi gʻoʻzapoya maydalagich konstruktsiyasi ishlab chiqilgan va uning ishchi qismlarining parametrlari nazariy hamda eksperimental asoslangan. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan maydalagichning sinovlari iqtisodiy samaradorligi ham koʻrsatib berilgan.