Gadoliniy-nikel sistemasidagi intermetallik birikmalarinig molekulyar maydon parametrlarini hisoblash
Ushbu tadqiqot ishi Gd-Ni intermetallik birikmalarining magnit xossalarini molekulyar maydon nazariyasi asosida o'rganishga bag'ishlangan. Ishda birikmalarning magnit qabul qiluvchanligining temperaturaga bog'liqligi tahlil qilinib, Neel nazariyasidan foydalanilgan holda molekulyar maydon parametrlari hisoblangan. Shuningdek, Gd-Ni birikmalarida magnet struktura hosil bo'lishida panjara osti va panjaralar orasidagi o'zaro ta'sirlarning tipi aniqlangan. Tadqiqot natijalari bo'yicha Gd-Ni birikmalarida kichik panjaralar orasidagi Gd-Ni o'zaro ta'siri, Gd-Gd yoki Ni-Ni o'zaro ta'sirlaridan ko'ra kuchliroq ekanligi ko'rsatilgan.