Gazoxromatografik usulda biogaz olish jarayonini o'rganish
Maqolada gazoxromatografik usulda qishloq xo'jalik chiqindilaridan biogaz olish jarayoni natijalari keltirilgan. Chet davlatlarda biogaz sintezi va undan unumli foydalanishga katta e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda biotexnologiya sohasini rivojlantirish istiqboldagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda biogazdan foydalanish bir qator masalalarning muqobil yechimi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqola O`zbekistonda, hususan Samarqand viloyati sharoitida hayvonlar va o`simliklarning organik chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish uchun yeng samarador xomashyo manbalari aniqlashdan iboratdir.