Genetikada algebraik strukturalar
Ushbu bitiruv malakaviy ish "Genetikada algebraik strukturalar" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, genetikada hosil bo'ladigan algebraik strukturalarni aniqlash, ularning asosiy xossalarini o'rganish va biologiyaga tadbiqlarini tushunishga qaratilgan. Ishda evolyutsion algebralarning ta'riflari, xossalari, turlari (sodda, yarim sodda), ideallari, gomomorfizmlari, avtomorfizmlari, sentroidlari kabi algebraik tuzilmalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, evolyutsion algebralarning Banax algebralari bilan bog'liqligi, ularda norma, davriylik va algebraik qat'iylik kabi tushunchalar ham o'rganiladi.