Hofiz Xorazmiy devoni lingvopoetikasi
Ushbu avtoreferat Otajonova Farogʻat Gʻafurjonovnaning „Hofiz Xorazmiy devoni lingvopoetikasi“ mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi asosida tayyorlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Hofiz Xorazmiy devoniga kirgan sheʼrlarning lingvopoetik xususiyatlarini atroflicha oʻrganishdan iborat. Unda mumtoz matn lingvopoetikasining nazariy asoslari, uslubiy mexanizmlari va poetik namunalarning til birliklari (fonetik, grafik, leksik, onomastik) kesimida tahlili asosida Hofiz Xorazmiy ijodining oʻziga xos lingvopoetik jihatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbek tilshunosligi, xususan, lingvopoetika sohasining nazariy va amaliy masalalarini boyitishga hissa qoʻshadi.