Huquqshunoslik
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida huquqshunoslik ta'limi uchun mo'ljallangan darslikdir. Unda davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va oila huquqi kabi huquqning asosiy sohalari batafsil yoritilgan. Kitob akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, huquqiy bilimlarni o'rganishda qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Darslikda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda, amaliy misollar, savollar va topshiriqlar ham keltirilgan.