Insulin preparatlari tarkibidagi m-krezol va fenolni YuSSX va spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish
Ushbu dissertatsiya insulin preparatlaridagi m-krezol va fenol konservantlarini aniqlash uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) va spektrofotometrik usullarni ishlab chiqish va ularni takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan usullar oldingi usullarga nisbatan tezkorligi, aniqligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi va farmatsevtika sanoatida keng qo'llanilish imkoniyatiga ega.