🔍

Dinshunoslik asoslari

Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlari asosida, diniy siyosatdagi o‘zgarishlar, uning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda tuzildi. Unda dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari, dinning vujudga kelishi, ilk shakllari, davlat, milliy va jahon dinlari xususida fikr yuritiladi. Shu bilan birga, diniy fundamentalizm va ekstremizm, ularning maqsad va tahdidi, mamlakatimizda olib borilayotgan diniy siyosat kabi masalalar batafsil tahlil qilinadi. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilariga, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘qituvchilari, shuningdek barcha qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.6%

Диншунослик

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi uchun dinshunoslik fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv dasturi sifatida nashr etilgan. Dasturda dinshunoslikning asosiy tushunchalari, ibtidoiy din shakllari, milliy dinlar, jahon dinlari (yahudiylik, hinduizm, konfutsiychilik, zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik va islom)ning ta'limotlari, manbalari va oqimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligi masalalari yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.4%