Ismning nasb o’rinlarining grammatik xususiyatlari
Ushbu kitob arab tili grammatikasining nasb o‘rinlari, ya’ni ismlarning turli holatlarda qanday o‘zgarishi va gapda qanday vazifalarni bajarishiga bag‘ishlangan. Unda ismning nasb o‘rinlari, ma’fulotlar (to‘ldiruvchilar), holatlar (vaziyatlar), tamyiz (aniqlashtiruvchi), munada (undalma) va kana hamda inna kabi so‘z turkumlarining xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar misollar bilan mustahkamlanadi. Arab tilini o'rganuvchilar grammatikani mukammal egallash uchun foydalanishi mumkin.