Jinoyat va jazo: xalqaro va milliy huquqiy tajribalarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya jinoyat va jazo tushunchalarining falsafiy, ijtimoiy va huquqiy jihatlarini xalqaro va milliy tajribalar asosida tahlil qiladi. Jinoyatchilikning sabablari, jinoyatga qarshi kurashishning zamonaviy usullari, jazoning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, shaxs qadr-qimmatini himoya qilish, jinoyatga jazo tayinlashda gumanistik tamoyillarning qo'llanilishi kabi masalalar keng yoritilgan. Tadqiqotda jinoyat va jazo masalalariga oid turli davlatlar, jumladan, qadimgi davlatlar, Sharq va G'arb falsafasi, shuningdek, zamonaviy dunyo tajribalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, jinoyatning ijtimoiy-ruhiy omillari, jinoyatchilikning oldini olish usullari, shaxsga nisbatan qo'llaniladigan jazo choralarining axloqiy va falsafiy jihatlari tadqiq etilgan.