Asosiy modda miqdori turlicha bo'lgan karboksimetilsellyuloza olish
Ushbu kitob karboksimetilsellyuloza (KMS)ning olinishi, xossalari, qo'llanilishi va tozalash usullariga bag'ishlangan. Unda karboksimetilsellyulozaning sintezi, turlari, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sanoatda qo'llanilishi va tozalash texnologiyalari batafsil yoritilgan. Kitobda, shuningdek, O'zbekistonda paxta sellyulozasi asosida texnik maqsadlar uchun suvda eruvchan karboksimetilsellyuloza ishlab chiqarish masalalari ham ko'rib chiqilgan. Mualliflar karboksimetilsellyulozaning asosiy modda miqdorini oshirish, sifatini yaxshilash, mahalliy xomashyodan foydalanish kabi dolzarb masalalarni tadqiq etishgan.