Kataqo’rg’on va oqdaryo suv omborlari suvini loyqalik rejimi va ularni loyqalik darajasini qiyosiy baholash
Mazkur magistrlik dissertatsiya ishini bajarishdan maqsad Samarqand viloyatida joylashgan Kattaqo'rg'on va Oqdaryo suv omborlarining loyqa oqiziqlar rejimini oʻrganishdan iborat edi. Shu maqsadni koʻzlab qoʻyidagi masalalar bilan tanishib chiqildi va ilmiy-maliy xulosalar chiqarildi: 1. Samarqand viloyati suv omborlari joylashgan hududning oʻziga xos tabiiy geografik xususiyatlari oʻrganildi; 2. Suv omborlari joylashgan hududda amalga oshirilgan gidrologik kuzatish ma'lumotlari toʻplandi, birlamchi qayta ishlanib, tahlil qilindi; 3. Zarafshon havzasi suv omborlarining gidrologik rejimi: ularning suv sathi, harakterli suv sathlari Kattaqo'rg'on va Quyimozor suv omborlari misolida oʻrganildi; 4. Suv omborlari suv balansi asosiy elementlari dinamikasi, kanallar orqali quyiladigan va chiqib ketadigan oqim dinamikasi hamda suv omborlarida to'plangan suv miqdorining yillararo oʻzgarishi oʻrganilib, grafiklar chizildi; 5. Viloyat suv omborlarining sedimentatsiya balansi tenglamasi tuzildi va uning elementlari miqdoriy baholandi; 6. Samarqand viloyati quyilma va o'zan suv omborlarining tubida cho'kkan loyqa oqiziqlarning 99% daryo va kanalning hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 1% esa gidrometrik kuzatishlar olib borilmaydigan soylar hissasiga toʻgʻri kelganligi aniqlandi; 7. Oqdaryo o'zan suv ombori bo'lganligi uchun ham daryo suvining loyqaligi suv ombori suv loyqaligiga yaqin. Shuning uchun biz ushbu ishda interpolyatsiya usulidan foydalanib Oqdaryo suv ombori loyqaligini o'rgandik. 8. Kattaqo'rg'on suv omboridan 1991-2015 yillar davomida foydalanish natijasida uning hajmi loyqa oqiziqlar cho'kishi hisobiga qariyb, 20,06 mln m³ ga qisqargan. Bu raqam suv omborning toʻliq hajmiga nisbatan 2,5% ni tashkil etdi. 9. Viloyat suv omborlari suv sigʻimining oʻzgarishini prognozlash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.