The role of ceramics in professional training of young people in the modern education system
Ushbu maqola Oʻzbekistonda hunarmandchilikning, xususan, keramikachilikning rivojlanishiga bagʻishlangan. Unda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi oʻzgarishlar, davlatning xalq sanʼat va hunarmandchiligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlari, hunarmandchilikning jamiyatdagi oʻrni, zamonaviy taʼlim tizimida hunarmandchilikning ahamiyati, ustoz-shogird anʼanalari, hunarmand va oʻqituvchilarning shaxsiy hamda kasbiy sifatlari atroflicha tahlil qilingan. Maqolada hunarmandchilikni oʻrganishning nafaqat kasbiy, balki maʼnaviy-axloqiy jihatlari ham yoritilgan. Keramika orqali yoshlarning kasbiy tayyorgarligi va maʼnaviy kamolotga erishishida qoʻllaniladigan usullar va uslublar haqida soʻz boradi. Shuningdek, maqolada Oʻzbekiston amaliy sanʼati, xususan, kulolchilik anʼanalari, ularning Oʻzbekiston ijtimoiy hayotidagi oʻrni va kelajagi haqida ham fikr yuritilgan.