QURUQ KO’Z SINDROMI: DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHNING O’ZIGA XOSLIGI
Ushbu monografiya O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Buxoro davlat tibbiyot institutining ilmiy xodimlari Odilova G.R. va Odilov M.Yu. tomonidan tayyorlangan bo'lib, "Quruq ko'z" sindromi (QKS)ni diagnostika qilish va davolashning o'ziga xos jihatlariga bag'ishlangan. Kitobda QKSning etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi va davolash usullari, ayniqsa kontakt linzalarini qo'llash bilan bog'liq muammolar atroflicha yoritilgan. Zamonaviy oftalmologiyada QKS muammosining dolzarbligi, uning keng tarqalganligi va ko'pincha kontakt linzalarini foydalanuvchilar orasida uchraydiganligi ta'kidlangan. Monografiyada kontakt linzalarining turlari, ularning ko'zga ta'siri, ko'z yoshi plyonkasining buzilishi va QKS rivojlanishidagi roli, shuningdek, QKSni davolash va oldini olishda gialuron kislotasiga asoslangan preparatlarning samaradorligi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitobda tadqiqot materiallari, usullari va olingan natijalar keltirilgan bo'lib, amaliy tavsiyalar ham berilgan.