Kollektorlarni binoga montaj qilish texnologiyasi
Maqolada quyosh kollektorlarini binolarga o'rnatish texnologiyasi ko'rib chiqilgan. Quyosh kollektorlarining afzalliklari, ularni o'rnatishning o'ziga xos talablari va turli tom turlariga (nishab va tekis) o'rnatish usullari haqida ma'lumot berilgan. Kollektorlarni o'rnatishda soyalarning ta'sirini hisobga olish, montaj ishonchliligini ta'minlash va kollektorlar orasidagi masofani aniqlash kabi muhim jihatlar yoritilgan. Maqola quyosh energiyasidan foydalanishni optimallashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.