Koronar yetishmovchiligi sindromida dori vositalarni ratsional qo’llanilishi
Ushbu kitob, klinik farmakologiya fanidan koronar yetishmovchilik sindromida dori vositalarini ratsional qo'llash masalalariga bag'ishlangan. Unda talabalarga ushbu sindromni davolashda ishlatiladigan dori vositalarining tasnifi, ta'sir mexanizmlari, qo'llash ko'rsatmalari va qarshi ko'rsatmalari, dozalash rejimi, nojo'ya ta'sirlari va ularni bartaraf etish yo'llari, xavfli kombinatsiyalari va o'zaro ta'sirlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, YUIKda qo'llaniladigan dori vositalarining samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari, ularni ratsional va noratsional kombinatsiyalash, birlamchi va ikkilamchi profilaktikada qanday gipolipidemik dori vositalari qo'llanilishi kabi masalalar yoritilgan.