Korxonalarda personal mehnatini tashkil etish va uni takomillashtirish yo`llari (Samarqand shahar korxonalari misolida).
Ushbu dissertasiya "Korxonalarda personal mehnatini tashkil etish va uni takomillashtirish yo'llari (Samarqand shahar korxonalari misolida)" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda mehnatni tashkil etishning nazariy asoslari, mehnat samaradorligini belgilovchi ko'rsatkichlar va mezonlar, mehnat unumdorligini oshirish usullari va omillari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda korxonalarda personalni boshqarish, mehnatni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish yo'llari, mehnatga haq to'lash tizimlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.