Kremniyli a`sbapli strukturalardaǵi degradaciyaliq mexanizmlerdi u`yreniw
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi kremniy yarim o'tkazgichli asboblarning mikrotolqinli nurlanishdan keyingi degradatsiya jarayonlarini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda asosiy maqsad sifatida kremniyli strukturalarning elektrofizikaviy xarakteristikalarining o'zgarishi, degradatsiya mexanizmlari va uni bartaraf etish usullari o'rganildi. Tadqiqot davomida yarim o'tkazgichli diodlar va stabilitronlarning mikrotolqin ta'sirida o'zgarishi, ular uchun qo'llaniladigan differensial usullar, radiatsiya va ultratovush ta'sirining oqibatlari hamda bu ta'sirlarni bartaraf etish yo'llari tahlil qilindi. Natijada, mikrotolqin va radiatsiya ta'sirining yarim o'tkazgichli asboblarning ishlash muddatini uzaytirish va sifatini oshirishdagi roli ko'rsatib berildi.