Lilium L. turkum turlarining bioekologik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya ishi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitida Lilium L. turkumiga mansub turlar va navlarning bioekologik xususiyatlarini oʻrganishga, ularni koʻpaytirishning samarali usullarini ishlab chiqishga va introduksion baholashga bag'ishlangan. Tadqiqot davomida Lilium L. turlari va navlarining oʻsishi, rivojlanishi, gullash biologiyasi, koʻpaytirish usullari va ularning tashqi muhit omillariga chidamliligi atroflicha oʻrganilgan. Shuningdek, manzarali va xoʻjalik-biologik xususiyatlari boʻyicha eng istiqbolli navlar aniqlanib, ularni koʻkalamzorlashtirishda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.