Linguistic analysis of morphological alternation in English
Ushbu maqola ingliz tilidagi morfologik almashinuvlarni tahlil qiladi. Unda tilning morfologik tizimi so'zlarning morfemik tuzilishi orqali namoyon bo'lishi, grammatik nazariyaning morfem va so'z kabi ikki qismli birliklari, morfemning so'z tarkibida aniqlanishi, morfemning vazifalari so'zning tarkibiy qismlari vazifalari orqali amalga oshirilishi, fe'lning o'tgan zamoni dental grammatik qo'shimchalar orqali yasalishi (train-ed [-d]; publish-ed [-t]; meditat-ed [-id]), so'zni tilning asosiy elementi sifatida qabul qilishdan tiyilish, amerikalik olimlarning fonema va morfemani til tavsifining asosiy toifalari sifatida tan olishi, bu birliklarning uzluksiz matnda "jismoniy" minimal, elementar segmental xarakteriga ko'ra ajratish osonligi, fonemaning tilning minimal formal segmenti, morfemaning minimal ma'noli segment ekanligi, deskriptiv olimlar tomonidan tilning ikki segmental darajasi (fonemik daraja va morfemik daraja) aniqlanishi, keyinchalik ularga uchinchi daraja (konstruksiyalar darajasi, ya'ni morfemik kombinatsiyalar darajasi) qo'shilishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.