Maʼdanlashuv zonalarini qidirishda Yerni masofadan zondlash materiallarining kosmostrukturaviy va spektral omillari (Derbez-Ko‘kpatos maydonlari misolida)
Ushbu dissertatsiya Derbez-Koʻkpatos hududida ma'danlashuv zonalarini qidirishda Yerni masofadan zondlash materiallarining kosmostrukturaviy va spektral omillaridan foydalanishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kosmik tasvirlarni multifraktal qayta ishlash orqali istiqbolli maydonlarni aniqlash metodologiyasi ishlab chiqilgan. Jumladan, hududning kosmostrukturaviy va spektral omillari aniqlanib, ularning ma'danlashuv zonalarini qidirishdagi roli o'rganilgan. Tadqiqot natijasida yangi kanallar kombinatsiyalari yaratilgan hamda spektral anomaliyalarni aniqlash uchun LandAltIndexMap dasturi ishlab chiqilgan. Tadqiqotning natijalari geologiya-qidiruv ishlarida qo'llash uchun tavsiya etiladi.