Ma’naviyat va ma’rifat
Ushbu kitob ma'naviyat va ma'rifatning mohiyatini, tarixiy ildizlarini va jamiyatdagi ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Unda ma'naviyat tushunchasining turli davrlardagi talqinlari, islomgacha bo'lgan davrdagi ma'naviy meros, islom dinining ma'naviyatga ta'siri, tasavvufning o'rni va yangi davrda ma'naviy takomilning asosiy muammolari yoritilgan. Kitobda, shuningdek, ma'rifatning turli yo'llari, ibrat, ilm, riyozat va mehrning ahamiyati, xos va avom tushunchalari, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotning uyg'unligi masalalari tahlil qilinadi.