Madaniy-marifiy faoliyat va sog'lom mafkurali insonni tarbiyalash
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va maʼrifat sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Unda madaniy-maʼrifiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, shakllari, madaniyat va sanʼat muassasalarining roli, shuningdek, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashning pedagogik mezonlari koʻrib chiqiladi. Kitobda globallashuv sharoitida milliy maʼnaviyatni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonning mustaqillik yillaridagi madaniy yutuqlari, taʼlim tizimidagi islohotlar va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi ishlar ham yoritilgan.