Mafkuraning turlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi hozirgi zamon asosiy mafkuraviy oqimlari, jumladan liberalizm, konservatizm, sotsializm, milliy mafkuralarni oʻrganish, ularning kelib chiqishi, mohiyati, funksiyalari va tarixiy taraqqiyotini tahlil qilishdan iborat. Kitobda mazkur mafkuralarning har biri alohida koʻrib chiqilib, ularning oʻziga xos xususiyatlari, tarafdorlari va qarashlari, shuningdek, ularning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishdagi oʻrni va ahamiyati ochib berilgan. Xususan, liberalizmning shaxs erkinligi va huquqiy davlat tamoyillariga asoslanishi, konservatizmning anʼanaviy qadriyatlar va ijtimoiy barqarorlikni saqlashga qaratilganligi, sotsializmni ijtimoiy adolat va tenglik gʻoyalari bilan bogʻliqligi, milliy mafkuraning esa xalq birligini taʼminlashdagi oʻrni tahlil qilingan. Kitobda shuningdek, mafkuraning jamiyat hayotidagi oʻrni, uning shakllari, turlari va funksiyalari ham yoritilgan.