Mashinalarni loyihalash asoslari
Ushbu uslubiy qo'llanma "Mashinalarni loyihalash asoslari" fanidan 5321200 -"Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi" bakalavriat ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga qaratilgan. Qo'llanmada ushbu yo'nalishdagi talabalarga mashinalarni loyihalashning nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, loyihalash bosqichlari va talabalar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan laboratoriya ishlarini to'g'ri va samarali bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan.